19:00 / 12.08.2019
4 961

Narkotik modda olib o‘tishning «innovatsion» usuli fosh etildi

Narkotik modda olib o‘tishning «innovatsion» usuli fosh etildi
Surxondaryolik bojxonachilar narkotik moddalarni yashirincha olib o‘tishda navbatdagi «innovatsiya»ni fosh etishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berib o‘tdi.

«Uddaburonlar» avtomobil old o‘rindig‘i g‘ilofining pastki, ko‘z ilg‘amas qismiga «gashish» giyohvandlik vositasini yopishtirib qo‘yishgan. Sirtdan qaralganda esa bu shunchaki g‘ilofdagi dog‘dek taassurot qoldiradi. Ammo bojxonachilarning sinchkov nigohidan «innovatsion» uslub chetda qolmadi va taqiqlangan modda yurtimizga kirishining oldi olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Narkotik modda olib o‘tishning «innovatsion» usuli fosh etildi