O‘zbekiston fuqarolari endi davlat byudjetini «nazoratga olishlari» mumkin

  • 30 avgust 2019, 21:35
  • 609
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston fuqarolari endi davlat byudjetini «nazoratga olishlari» mumkin
    Fuqarolar davlat byudjetini nazorat qilishda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar qildi.

    Preziden tomonidan imzolangan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan qonun hujjatlariga byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

    Xususan:

    - davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihasi, ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarning auditi va baholash natijalari yuzasidan Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda e’lon qilinadi;

    - vazirlik va idoralar byudjet mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan tanlovlar va sotib olingan tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risida axborotlarni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi;

    - mahalliy byudjetlarni ijrosi bo‘yicha hisobotning xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlanish jarayoni OAVda yoritiladi;

    - davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari, ularning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet mo‘ljali Oliy Majlisga taqdim etilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi.

    Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston fuqarolari endi davlat byudjetini «nazoratga olishlari» mumkin