Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining 20.06.2019-yildagi qarzdor B.Maxmudovdan undiruvchi A.Abdulaxatov foydasiga 49 mln. 601,6 ming soʻm qarz undirish belgilangan va mazkur sud hujjatiga asosan Majburiy ijro byurosi Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan 02.08.2019-yilda ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor B.Maxmudovga sud hujjati ijrochisini taʼminlash uchun 15 kun ixtiyoriy muddat belgilab bergan, biroq qarzdor shu muddat davomida ham undiruvchi A.Abdulaxatovga qarzini toʻlashdan bosh tortib kelgan.
Oqibatda, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishib 26.08.2019-yilga qarzdor B.Maxmudovning yashash manzilida koʻzdan kechirish harakatini belgilagan va shu kuni shahar IIB profilaktika inspektori, boshqa vakolatli idoralar vakillari, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish va mol-mulkini xatlash ijro harakati oʻtkazilayotgan vaqtda qarzdor uydagi qimmatbaho jihozlarini xatlab olib kyetishiga chidab tura olmasdan sud hujjatida belgilangan 49 mln. 601,6 ming soʻm qarzni undiruvchi A.Abdulaxatovga toʻliq toʻlab bergan.
Shunga koʻra, ijro ishi yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi