15:00 / 27.09.2019
2 802

O‘quv mashg‘ulotlar jangovar shaylikni oshiradi

O‘quv mashg‘ulotlar jangovar shaylikni oshiradi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining harbiy xizmatchi va xodimlarining jangovar maxsus tayyorgarligi va shayligini oshirish maqsadida muntazam tarzda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu jumladan, kuni-kecha Milliy gvardiyaning Andijon viloyati Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan binoda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotining maqsadi viloyat Qo‘riqlash bo‘linmasi tomonidan qo‘riqlanayotgan o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda xizmat olib borayotgan xodimlarning jangovar va kasbiy mahoratlarini oshirish, ob’ekt hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va tezkor vaziyat keskinlashganda hamkorlikdagi vazirlik va idoralar bilan birgalikdagi harakatlarini o‘rganib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Milliy gvardiya bo‘linmasi, viloyat va Andijon shahar IIB, FVB YoXB, Tez tibbiy yordam xizmati va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida mashg‘ulot davomida erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama etilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘quv mashg‘ulotlar jangovar shaylikni oshiradi