Bojxona xodimlari naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga ketayotgan fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan, 700 000 qozoq tengesi, 90 000 Rossiya rubli hamda 7291 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalarini yashirgan holda olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh qilindi.
Shu kunning o‘zida “OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boshqarib qo‘shni davlatga yo‘l olgan yana bir fuqaro Sh.A. bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning egnidagi shimining o‘ng cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 6500 AQSh dollari hamda 10 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutalarini yashirib olib o‘tishga bo‘lgan harakatlariga ziyrak bojxona xodimlari chek qo‘yishdi.
“Oybek” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qo‘shni davlatga yo‘l olgan fuqaro X.Q. xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning egnidagi kurtkasining ichki cho‘ntagida va shimimning cho‘ntagida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 140 000 Rossiya rubli, 5000 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi.
Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi