13:15 / 17.10.2019
4 584

Yil oxirida dollar kursi qancha bo‘lishi taxmin qilindi

Yil oxirida dollar kursi qancha bo‘lishi taxmin qilindi
Markaziy bank so‘rovida ishtirok etgan aholining aksariyati 2019 yil oxirida dollar kursi 9837–9895 so‘m atrofida bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, 2019 yilning III choragida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiyotdagi narxlar o‘zgarishi borasidagi kutilmalariga yoqilg‘i-energetika mahsulotlar narxlari o‘zgartirilishining e’lon qilinishi va oshirilishi yuqori ta’sir ko‘rsatgan.

Sentyabrga kelib aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining qisqa muddatli kutilmalarida pasayuvchi trend kuzatilgan, ammo o‘rta muddatli kutilmalari yuqori darajada saqlanib qoldi.

«So‘rov ishtirokchilarining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari kelgusi davrlarda milliy valyutaning tebranuvchanlik darajasiga nisbatan noaniqlik ta’siri ostida shakllandi», - deyiladi Markaziy bank ma’lumotida.

Aholining 2019 yil yakuniga ayirboshlash kursi bo‘yicha kutilmalari sentyabrda o‘rtacha 1 AQSh dollari 9837 so‘mga, tadbirkorlar kutilmalari esa o‘rtacha 1 AQSh dollari 9895 so‘mga teng bo‘ldi.

Shuningdek, III chorakda milliy valyutaning yuqoriroq sur’atda qadrsizlanishi va davlat sektorida ish haqlarining navbatdagi indeksatsiyasi inflyatsion kutilmalarga qo‘shimcha bosim shakllanishiga xizmat qilgan.

Bildirilishicha, 2019 yil yakuniga qadar bir martalik omillar ta’siri kamayishi natijasida inflyatsion kutilmalar asta-sekin pasayib boradi. Mo‘tadil past darajadagi inflyatsion kutilmalarga erishish uchun ularga ta’sir etuvchi omillarni barqarorlashtirish va ularga bog‘liq o‘zgarishlarni oldindan aniqlash imkoniyatlarini oshirish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yil oxirida dollar kursi qancha bo‘lishi taxmin qilindi