Samarqand viloyati Payariq tumani Do‘stlik mahallasi hududidagi Alamli qishlog‘i fuqarosi Norpo‘lat To‘qboyev murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi.
Guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yo‘ldoshxon Isayev belgilangan manzilda bo‘lib, insoniyat tarixining tosh asriga oid to buyum topib olingan joyda tekshiruv ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda Zarnewz xabar berdi.
Natijada Alamli qishlog‘idagi O‘rta hovuz manzilida "Mezolit-neolit" yodgorligini aniqlashga erishildi. Ushbu hududda yer sathidan 3 dona tosh buyum, ya’ni tosh o‘zagi, qirg‘ich qurol, qayroqtosh bo‘lagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralaridagi qoyatoshlarda o‘yib chizilgan qadimiy rasmlar ham borligi aniqlandi.
Bundan ko‘rinadiki, Payariq tumani yerlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon o‘zlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini o‘rganish, qo‘shni soylarda ham arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi