17:32 / 06.12.2019
3 588

Toshkentda ekologiya qo‘mitasi kesishga ruxsat bermagan chirigan daraxt Gentra ustiga quladi (foto, video)

Toshkentda ekologiya qo‘mitasi kesishga ruxsat bermagan chirigan daraxt Gentra ustiga quladi (foto, video)
5 dekabr kuni Toshkent shahridagi Chexov ko‘chasida qoldirilgan Gentra ustiga daraxt qulab ketdi. Bu haqda avtomobil egasi Facebook’da post qoldirgan.

«Bugun ertalab mashinamni ko‘cha yuzida qoldirib, 15 daqiqaga qahvaxonaga kirib chiqqunimcha ko‘z oldimda mashinam ustiga daraxt qulab ketdi. Meni bu holatda birinchi bo‘lib mashinam emas, balki mashinam yonidan o‘tib ketayotgan ikki kishining jarohat olishi mumkinligi tashvishlantirdi. Yaxshiki, ularga hech narsa qilmadi, mashinam qaysidir ma’noda ularning hayotini saqlab qoldi», — deydi Gentra egasi.

«Mashinam daraxt ostida qolganini tushunganimdan so‘ng 102 raqamiga qong‘iroq qildim, tezda uchastka noziri, YHXB xodimlari, FVV va evakuator yetib keldi. Aniqlanishicha, yaqin o‘rtada joylashgan uylar aholisi ushbu daraxtlarni kesish haqida kerakli tashkilotlarga murojaat yo‘llagan, biroq ekologiya qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilotlar ushbu daraxtning kesilishiga ruxsat bermagan. Tushunarsiz vaziyat. Nima uchun fuqarolar shikoyati inkor etilgan?», — deya so‘zlarini davom ettiradi jabrlanuvchi fuqaro.

Haydovchining yozishicha, ko‘chadagi aynan shu hududda «to‘xtash taqiqlangan» belgisi bo‘lmagani uchun avtomobilini aynan shu yerda qoldirgan.
«O‘zim boshqa tumanda yashayman, bu daraxtlar mana shunday xavf solishi mumkinligi haqida tushunchaga ega emasdim», — deb yozadi u.

Опубликовано Hilola Suleymanova Четверг, 5 декабря 2019 г.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ekologiya qo‘mitasi kesishga ruxsat bermagan chirigan daraxt Gentra ustiga quladi (foto, video)