Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi Bahodir Po‘latov sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Moskvada davolanib qaytgani haqida xabar berilgandi. «7News»ning yozishicha, sobiq hokim nashr muxbirlaridan biriga aloqaga chiqib, hozirda ahvoli yaxshi ekanligini bildirgan.
Telefon orqali suhbatlashgan Bahodir Po‘latov oshqozonidagi muammo sababli rostdan juda og‘ir ahvolda qolgani va buning uchun Moskvaga borgani va u yerda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganini ta’kidlagan.
Lekin bu voqea avvalroq bo‘lganini hamda ayni paytda Toshkentda o‘z uyida oilasi davrasida ekani, ahvoli esa ancha yaxshi ekanligini bildirgan.
«O‘z navbatida u tez kunlarda sog‘lig‘ini to‘la tiklab olishi haqida ham aytib o‘tdi», — deyiladi xabarda.
Bahodir Po‘latov «Bolalar» guruhi solisti sifatida tanilgan. Katta siyosatda faoliyatini poytaxtning Yakkasaroy tuman prokuraturasida prokuror yordamchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Shayxontohur tumani prokurorligiga tayinlangan. Undan so‘ng Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida prokuror lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik"
Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi