11:30 / 14.12.2019
3 032

IIV ikki yigitni «samosud» qilgan mushtumzo‘rlarni qidirishni boshladi (video)

IIV ikki yigitni «samosud» qilgan mushtumzo‘rlarni qidirishni boshladi (video)
Foto: IIV Axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati 13 dekabr, juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

IIV axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra bugungi kunga qadar ichki ishlar organlari navbatchilik qismlariga videodagi holat yuzasidan hech kim murojaat qilmagan. Lekin aybdorlarga nisbatan chora ko‘rish va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida fuqarolardan Telegram’ning @muloqot_maydoni manzili yoki 71 231 34 28 telefon orqali hodisa yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan.

Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlangani eslatilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV ikki yigitni «samosud» qilgan mushtumzo‘rlarni qidirishni boshladi (video)