Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ikki o‘smir vahshiylarcha kaltaklangani tasvirlangan video tarqalgan edi. Shundan so‘ng IIV axborot xizmati ushbu jinoyatni amalga oshirgan shaxslar fuqarolar yordamida topishda yordam so‘radi.
«Hurmatli yurtdoshlar, ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smirni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, ularning tanasining turli joylariga qo‘l bilan urib oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan videolar keng tarqalmoqda.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra bugungi kunga qadar Ichki ishlar organlari Navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan xech kim murojaat qilmagani ma’lum bo‘ldi.
Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida, Sizdan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma’lumotga ega bo‘lsangiz, telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki 71 231 34 28 raqami orqali habardor qilishingizni so‘raymiz.
Habar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», — deya murojaat qilingan edi IIV tomonidan.
Axborot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, olib borilgan tekshiruvlar davomida mushtumzo‘rlarning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Videoda tasvirlangan holatlar 2018 yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahri Ohangaron ko‘chasi, 2/5 daha qarshisida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo‘lib o‘tgani, unda 2001 yilda tug‘ilgan S.P. uch nafar tengdoshlari bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T. larni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingani, kelishmovchilikka barham berilgani, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan da’vosi yo‘qligi aniqlandi.
Fuqaro S.P. bilan suxbatlashilganda, mazkur video qaysi yo‘l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat yurtdoshlarimiz orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.
Shu o‘rinda, holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan axborot xizmati minnatdorchilik bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi