Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolyotlarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari kelishuvlariga asosan ikki yil davomida O‘zbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolyotlarini yetkazib beriladi.
2019 yil 4-chi chorakda birinchi 4 dona vertolyot yetkazib berish rejalashtirilgan.
“Birinchi vertolyot O‘zbekiston harbiy qismlaridan biriga yetib bordi”, - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.
Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.
Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yo‘q qilish va quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalarini zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi