21:28 / 06.01.2020
8 099

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida nizo kelib chiqdi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida nizo kelib chiqdi
Foto: Slutskiy Maksim/TASS
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasining belgilanmagan qismida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida nizo kelib chiqdi, deb xabar berdi Kun.uz RIA Novostiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Qirg‘iziston fuqarolari chorva mollarini qidirib chegaraning belgilanmagan qismiga kirishgan va O‘zbekiston chegara otryadiga duch kelishgan.

"Fuqarolar qo‘shni davlat harbiy xizmatchilari bilan aytishib qolishgan. Keyin esa dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketgan", - deyiladi xabarda.

To‘qnashuvni to‘xtatish uchun O‘zbekiston harbiylari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan.
"To‘qnashuv natijasida jabrlanganlar yo‘q", - deb xabar berilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirda ikki davlat chegara xizmatlari vakillari chegaradagi vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uchrashuv o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida nizo kelib chiqdi