date

AQSHdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinib yurtga qaytarildi

AQSHdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinib yurtga qaytarildi

Bugun, 1 may kuni AQSHdan deportatsiya qilingan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan maxsus charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, mazkur fuqarolar AQSHning migratsiya qonunchiligini buzganliklari sababli mamlakatdan chiqarilgan. Ularning vatanga qaytarilishi O‘zbekiston va AQSHning tegishli idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlar natijasida amalga oshirilgan.

Jarayon davomida deportatsiya qilingan shaxslarning shaxsini aniqlash, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni xavfsiz tarzda O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha barcha tashkiliy va huquqiy masalalar tezkorlik bilan hal etilgan.

Mutasaddi tashkilotlar tomonidan qayd etilishicha, O‘zbekiston migratsiya sohasida xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni izchil rivojlantirib bormoqda. Shu bilan birga, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning chet elda qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar fuqarolarni xorijga chiqishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya etishga, rasmiy hujjatlar asosida harakat qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » AQSHdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilinib yurtga qaytarildi