date

Sirdaryoda rashk sababli dahshatli oilaviy fojia

Sirdaryoda rashk sababli dahshatli oilaviy fojia

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida og‘ir jinoyat sodir etildi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumotiga ko‘ra, ayol rashk sababli kelib chiqqan mojaro ortidan erining qonuniy turmush o‘rtog‘i va uning voyaga yetmagan farzandlariga hujum qilgan.

Voqea 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Shirin shahar hududida yuz bergan. Dastlab Amir Temur mahallasida yashovchi ayol va uning sha’riy turmush o‘rtog‘i erkak o‘rtasida rashk sababli tortishuv kelib chiqqan.

Shundan so‘ng ayol onasining uyidan oshxona pichog‘ini olib, Farhod mahallasida joylashgan xonadonga borgan. U yerda u erining qonuniy rafiqasi hamda uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandiga pichoq bilan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan.

Oqibatda ayol va uning 5 yoshli qizi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. 3 yoshli qiz esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa yuzasidan gumonlanuvchi voqea joyidan yashiringan. Keyinchalik u ushlanib, tergovga jalb qilingan. Shuningdek, marhumaning oilasida 8 yoshli o‘g‘il va 20 kunlik chaqaloq ham qolgani bildirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda rashk sababli dahshatli oilaviy fojia