Boʻka tumanida kredit qarzdorlik uchun garovdagi uy sotildi

Fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor I.D.dan undiruvchi “InFinBank” AJ foydasiga 128.898,0 ming soʻm kredit qarzdorlik undirish va undiruvni garov mulki hisoblangan I.D.ga tegishli Toshkent viloyati, Boʻka tumani, “Oʻzbek” mahallasida joylashgan yer uchastkasining maydoni 400 kv.metr, qurilish osti maydoni 228.76 kv.metr, yashash maydoni 52.00 kv.metr boʻlgan turar joy binoga qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, kredit qarzdorlikni undirish maqsadida ijro varaqasida koʻrsatilgan qarzdor I.D.ga tegishli boʻlgan garov mulki xatlanib, qarzdorlikni toʻlamagan taqdirda undiruv ushbu garov mulkiga qaratilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan kredit qarzdorlik toʻlanmaganligi sababli, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi inspektorining qaroriga asosan ushbu garov mulki elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilib, 246.795,1 ming soʻmga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablagʻi undiruvchi “InFinBank” AJ foydasiga oʻtkazilib, ijro hujjati boʻyicha ish yurituvi amalda tamomlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!