Asalarilar yaratgan noodatiy shakl hayratga soldi

Asalarilar tomonidan yaratilgan noodatiy shakl internetda keng muhokama qilinmoqda. Videoda asalarilar mumkatak ichida "Alloh" so'ziga o'xshash shakl hosil qilgani aks etgan. Asalchi Shoxruz bu holatni tabiatning tabiiy jarayoni sifatida ko'rib, uni ehtiyotkorlik bilan saqlashni rejalashtirmoqda. Ushbu voqea turli talqinlarga sabab bo'lib, foydalanuvchilar orasida muhokamalarni keltirib chiqarmoqda.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan video ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi. Unda asalarilar tomonidan tabiiy ravishda qurilgan mumkatak ichida “Alloh” so‘ziga o‘xshash shakl paydo bo‘lgani aks etgan bo‘lib, bu holat internetda turli munosabat va hayratli izohlarni keltirib chiqarmoqda.
Mazkur videoni tasvirga olgan Shoxruz ismli yigit 15 yildan beri asalchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tajribali asalarichilardan biri hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi noodatiy va o‘ziga xos shaklni u faoliyati davomida ilk bor kuzatganini aytmoqda.
Shoxruzning ta’kidlashicha, mumkatakdagi ushbu shakl tabiiy jarayon natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, u hech qanday sun’iy aralashuvsiz hosil bo‘lgan. Asalchi bu noyob mumkatakni ehtiyotkorlik bilan saqlab qo‘yishni rejalashtirgan va uni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi muzeyiga topshirish niyatida ekanini bildirgan.
Hozirda ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar uni turlicha talqin qilmoqda. Ayrimlar buni tabiatning g‘aroyib hodisasi deb baholasa, boshqalar esa unda ma’naviy ishora borligini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…