O‘zbekistonda 2019 yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi

  • 24 yanvar 2020, 10:13
  • 656
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda 2019 yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi
    Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistondagi bank kassalari orqali o‘rtacha oylik naqd pul aylanmasi 23,9 trillion so‘mni va yil bo‘yicha jami 287,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2017 yilga nisbatan 3,4 barobarga va 2018 yilga nisbatan 1,7 barobarga ko‘pdir.

    Muomalaga chiqarilgan naqd pullarning qaytuvchanlik koeffitsiyenti 2017 yilda 86,6 foizni, 2018 yilda 96,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 98,7 foizgacha ko‘tarilgan.

    Xususan, 2019 yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi 68,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hajmi 71,6 foizga oshgan.

    Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi 2019 yilda 9,4 foizni tashkil etib, 2018 yil (14 foiz) va 2017 yillarga (47,2 foiz)ga nisbatan sekinlashgan.

    2017 yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilda 31,7 foizga va 2019 yilda 46,6 foizga (jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga) yetgan.

    «Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar orqali izohlanadi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.

    » » O‘zbekistonda 2019 yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi