Gvardiola derbi oldidan Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Sport1 daqiqa o'qish14.8K
Gvardiola derbi oldidan Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Manchester Yunayted»ga qarshi derbi oldidan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, himoyachi joriy mavsumda jamoada muntazam ravishda maydonga tushib, o‘zini barqaror ko‘rsatib kelmoqda.

Gvardiolaning aytishicha, «Arsenal»ga qarshi o‘yinda olingan jarohatdan keyin Husanov bir necha bahsni o‘tkazib yuborgan. Bu vaqt oralig‘ida esa Ruben Diash juda yaxshi formaga kirib, himoyada ishonchli harakat qilgani sabab tarkibda raqobat yanada kuchaygan.

Shunga qaramay, murabbiy Husanov haqidagi asosiy nuqtani ochiq aytdi: u har safar imkoniyat olganda, o‘zini munosib tutib, maydonda ishonchli o‘ynaydi. Ya’ni, «Xusa» chiqsa — “plyus” qo‘shadigan o‘yinchi, degan gap. Qisqasi, shans berilsa, u shansni “yo‘qotib qo‘ymaydi”.

Eslatib o‘tamiz, Manchester derbisi bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi. Muxlislar uchun esa bu o‘yin — nafaqat prinsipial to‘qnashuv, balki Husanovning maydonga tushishi mumkin bo‘lgan kecha ham.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?