2025 yilda o‘zbekistonliklar Misrga sayohatni keskin oshirdi...

Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan yangi raqamlar o‘zbekistonliklar orasida Misrga qiziqish ancha kuchayganini ko‘rsatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimizdan 60 979 nafar fuqaro turistik maqsadlarda Misrga yo‘l olgan.
E’tiborli jihati — bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda sezilarli o‘sishni qayd etgan. Xususan, 2024 yilning mos oylariga nisbatan safar qilganlar soni 19,7 ming nafarga ko‘paygan, o‘sish sur’ati esa 47,7 foizni tashkil etgan.
Safar maqsadlari bo‘yicha statistika ham ancha ravshan manzarani beradi: Misrga borganlarning katta qismi aynan sayohat uchun yo‘lga chiqqan.
Safar maqsadlari kesimida quyidagi taqsimot qayd etilgan:
- sayohat — 55 090 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 5 679 nafar;
- davolanish — 172 nafar;
- o‘qish — 20 nafar;
- xizmat yuzasidan — 18 nafar.
Ko‘rinib turibdiki, Misrga otlanganlarning asosiy qismi dam olish va sayohatni tanlagan. Bu esa o‘z navbatida, o‘zbekistonliklarning qishki-ta’til mavsumida dengiz, quyosh va yangi taassurotlar izlab, ko‘proq xorijga yo‘l olayotganini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!