Toshkentda 22 dona jangovar o‘qlarni 1 300 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish334
Toshkentda 22 dona jangovar o‘qlarni 1 300 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida jangovar o‘q-dorilarni pullab yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga 1 300 AQSh dollari evaziga 22 dona, kalibri 5,45 millimetr bo‘lgan jangovar o‘qlarni sotish paytida ushlangan. Ashyoviy dalillar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tekshiruvlar davomida ushlangan shaxs muqaddam Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismda portlatuvchi-haydovchi sifatida faoliyat yuritgani aniqlangan. Shuningdek, u mazkur o‘q-dorilarni avval birga ishlagan harbiy xodimdan 10 million so‘mga sotib olgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turli hududlarda portlovchi modda va qurol-aslahaga oid shubhali holatlar ham qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?