date

Manchester derbisida bugungi taxminiy tarkiblar: Husanov startdami?

Manchester derbisida bugungi taxminiy tarkiblar: Husanov startdami?

Angliya Premer-ligasining 22-turida futbol ishqibozlari kutgan katta to‘qnashuv — Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” safarda “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi. Derbi oldidan bir qator ishonchli manbalar uchrashuv uchun jamoalarning ehtimoliy boshlang‘ich tarkiblarini taxmin qildi.

Ko‘plab nashrlar bugungi o‘yinda jamoalar aynan quyidagi tarkib bilan dastlabki daqiqalarni boshlashini kutmoqda.

  • “Manchester Yunayted”: Lammens, Dalot, Maguayr, Martines, Shou, Kazemiro, Maynu, Mbyomo, Fernandesh, Kunya, Sheshko.
  • “Manchester Siti”: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Alleyn, O’Rayli, Rodri, Bernardu, Sherki, Foden, Semeno, Xoland.

Shu bilan birga, ayrim saytlar “Siti” himoya chizig‘ida Alleyn o‘rniga Ake maydonga tushishi mumkinligini ham qayd etmoqda. “Manchester Yunayted” safida esa yaqinda Afrika Millatlar kubogidan qaytgan Amad Diallo asosiy tarkibda ko‘rinish berishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

Eng muhimi — turli manbalar deyarli bir ovozdan: bugun hamyurtimiz Abduqodir Husanovning tarkibda bo‘lishini kutmoqda. Derbidek bosimli bahsda maydonda o‘zbek nomi yana bir bor yangrashi mumkin — muxlis uchun bundan yoqimli signal bo‘lmasa kerak.

Ma’lumot o‘rnida, bo‘lajak to‘qnashuv bugun Toshkent vaqti bilan 17:30’da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester derbisida bugungi taxminiy tarkiblar: Husanov startdami?