date

Fuqaroga nisbatan qo‘pollik qilgan inspektor jazolandi

Fuqaroga nisbatan qo‘pollik qilgan inspektor jazolandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimining fuqaro bilan qo‘pol va nosamimiy munosabatda bo‘lgani aks etgan videolar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB Ma’muriy amaliyot markazi huzuridagi shahar-tumanlarga xizmat ko‘rsatish guruhi inspektori — katta serjant M.E. fuqaroga nisbatan qo‘pol muomala qilgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xodim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvarda qabul qilingan PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi”ning bir qator talablarini buzgan.

Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun inspektorga nisbatan «Hayfsan» tarzida intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga nisbatan qo‘pollik qilgan inspektor jazolandi