19:50 / 25.01.2020
3 382

Adliya vaziri “halollik vaksinasi” qayerda ekanini aytdi

Adliya vaziri “halollik vaksinasi” qayerda ekanini aytdi
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, ularni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov murojaatnomada qayd etib o‘tilgan “halollik vaksinasi” haqida o‘z fikrini bildirdi.

Vazirning qayd etishicha, murojaatnomada “halollik vaksinasi” haqida so‘z yuritilishi bilan birga, u nima ekani ham ochib berildi. Raqamli iqtisodiyot, shaffoflik, sud tizimining mustaqilligi, qonun ustuvorligi amalda qanday ta’minlanishi bo‘yicha aytilgan mulohazalarning barchasi zamirida, ayniqsa, shaffoflik tamoyilida bu vaksina.

O‘zaro sog‘lom raqobat bor joyda, shaffoflik bor joyda hech qachon korrupsiyaga o‘rin bo‘lmaydi.

- Institutsional jihatdan keyingi bosqichga o‘tish jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida organ tuzish taklif etildi, — dedi R.Davletov. — Huquqshunos sifatida bu harakatni olqishlaymiz. Chunki ma’lum bir organ o‘zining asosiy vazifasi sifatida bu ish bilan shug‘ullanmasa, bari-bir biz kutgan natijaga erishish qiyin.

Biroq, organ tuzish qiyin emas, lekin shu organ ertaga qanday ishlab ketadi? Shunga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki bizda yillar davomida shakllangan organlar tizimi bor. Ularning funksiya va vazifalari belgilangan hamda ular tezkor guruhlar va boshqa vositalarga ega. Shuning uchun yangi organ tuzishda organlardagi parallelizm ya’ni takrorlanishni yo‘qotish, vakolatlarni aniq belgilash zarur. Eng asosiysi, uning mustaqilligini ta’minlash kerak. Zero, hozirdan odamlarda bu organ tuzilsa, uni kim nazorat qiladi, degan savol tug‘ilmoqda. Shuning uchun buning yechimi – shaffoflik va hisobdorlik bo‘lishi darkor. O‘ylaymizki, ilgari surilgan yangi g‘oya jamiyatda chinakam o‘zgarishga olib keladi.

Adliya vaziri o‘z so‘zida yakuniga yetayotgan haftada bo‘lgan siyosiy tadbirlar ichida Prezidentimizning xalqimizga qilgan murojaatnomasi ularing kulminatsiyasi bo‘lganini alohida ta’kidladi. Murojaatnomada aholining barcha qatlamiga tegishli masalalar ko‘tarildi.

Dasturiy hujjatda 3 dastur, 4 konsepsiya, 6 kodeks, 15 qonun ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ya’ni, bu huquqshunoslar uchun qilinadigan ishlar ko‘lami. Demak, oldimizda juda katta mehnat turibdi. Biz, albatta, bu buni amalga oshiramiz. Buning uchun harakat rejalarimiz bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vaziri “halollik vaksinasi” qayerda ekanini aytdi