3 328
Samarqandda mol bozorida narxni kelisha olmagan sotuvchi xaridorning boshini urib yordi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Payariqda mol bozordagi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjal kelib chiqdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. 27 yoshli F.M. Payariq tumanidagi «mol bozori»da 25 yoshli U.I. ga qoramol sotayotgan vaqtida uning narxi yuzasidan tortishib o‘zaro janjallashib qolgan va qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urgan.
Oqibatda U.I. tan jarohati olgan va Payariq tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, U.I. «og‘ir» tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan 23 yanvar kuni Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi