Irvayndagi Kaliforniya universiteti olimlari atmosfera havosidagi bulutlarning paydo bo‘lishida ishtirok etadigan va odamlarda xavfli astmani keltirib chiqaradigan ko‘plab nanoqismlar, aslida, qo‘ziqorin sporalari ekanligini aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert»ga asoslanib «Xalq So‘zi Online» xabar berdi.
Aytilishicha, 2016 yilda tadqiqotchilar Oklaxoma shtatida bir oy davomida diametri 20-60 nanometr bo‘lgan zarrachalarni ushlaydigan asbobdan foydalanib, ularni tutishgan, keyin esa yupqa platina ipiga joylashtirishgan. Molekulalar bug‘langandan so‘ng yuqori aniqlikdagi spektrometr hosil bo‘lgan gazlarni tahlil qilgan va ularning kimyoviy tarkibini aniqlagan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, havoga ko‘tariladigan sporalar suv yutadi, shishadi va 30 nanometr diametrli bo‘laklarga bo‘linadi (ular diametri ming nanometrga teng hujayralardan ancha kichikdir).
Nanoqismlar suv molekulalari birikadigan yadrolar rolini o‘ynaydi, shundan so‘ng muz kristallari paydo bo‘lib, ular o‘z navbatida, bulutlarni hosil qiladi.
Shundan so‘ng ushbu zarralar o‘pkaga ancha chuqur kirib boradi. Mutaxassislar ba’zi odamlarda yomg‘ir paytida astma xurujlarining boshlanishini ayni shu omil bilan izohlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi