Dolli Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Dolli Allayev
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
D. Allayev bunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Vazirlikning joylardagi boshqarmalariga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatishdan iboratdir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?