Ba’zan o‘zgarishni, rang bilan tajriba qilib, sochlarimiz rangini o‘zgartirishni istab qolamiz. O‘zgarish har doim qiziq, biroq sochlarni salonda bo‘yatish ma’lum mablag‘ sarflashni talab etadi. Shunda ularni mustaqil ravishda, uyda bo‘yash fikri paydo bo‘ladi. Bu jarayon bir qarashda juda osondek tuyulsa-da, muayyan qoidalarga amal qilibgina sochlarning tabiiy go‘zalligini buzib qo‘ymasdan, chiroyli rangga erishish mumkin, deb yozadi «Daryo» nashri.
Quyida eng yaxshi stilistlarning tavsiyalarini keltiramiz.
Sochlaringizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, bo‘yoqni butun boshingiz bo‘ylab suring. Keyinchalik esa o‘sib borishiga qarab, faqat ildizlariga surasiz.
Bo‘yoqni sochlaringizda ushlab turish vaqti qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Odatda «30 daqiqadan 45 daqiqagacha» deb ko‘rsatiladi, demak oxirgi chorak soatda istagan rangingizga erishasiz. Jingalak soch sohibalari eng minimal vaqtni tanlashlari kerak, chunki bo‘yoq sochning g‘ovak qismlaridan juda tez o‘tadi. Bu tabiiy yoki sun’iy jingalak sochlarga birdek taalluqli.
Bo‘yoq komplektidagi kondisioner odatdagilardan pH darajasining pastligi bilan farqlanadi. Shuning uchun soch qoplamini silliqlashtirib, rangning uzoqroq saqlanishiga ko‘mak beradi.
Ba’zan hosil bo‘lgan rang ko‘nglingizdagidek chiqmasligi mumkin. Bunda vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li to‘qroq rangga bo‘yashdir. Agar me’yoridan oshib ketishidan cho‘chisangiz, yaxshisi salonga murojaat qiling. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi