Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular mag‘rur, boshini baland ko‘tarib, ertangi kunga ishonch bilan va hayotdan nima istashini aniq bilgan holda yashaydi. Agar siz bunday baxtli odamlar qatorida bo‘lmasangiz, hayotga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish va o‘zingizga ishonishni boshlashning ayni vaqti. Biz esa bunga yordamlashamiz.
Hamma narsani yuragingizga yaqin olavermang
Avvalo hayotga, muammolaringizga va qiyinchiliklarga oddiy qarashga o‘rganing, har doim o‘zingizga ayting va maqsad qilib qo‘ying:
«Echib bo‘lmaydigan masalalar yo‘q! Mening qo‘limdan keladi! Bu oddiy-ku! Faqat biroz vaqt kerak va hammasi yaxshi bo‘ladi!» Juda oddiy bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin maqsadni to‘g‘ri belgilash – bu 70% muvaffaqiyat demak.
O‘z imkoniyatlaringizga ishonishni boshlang!
Yana bir xato – o‘z kuchiga va mahoratiga ishonmaslik. Biz ko‘pincha o‘zimizni biznikiga o‘xshagan muammolarini echa olmagan boshqa odamlarga solishtiramiz. Oxirida aytamiz: «Uning qo‘lidan kelmagan, demak, mening ham qo‘limdan kelmaydi».
Lekin kimdir o‘z muammosini hal qila olmagan bo‘lsa, u holda sizda ham xuddi shunday bo‘lishi mumkinligi asossiz fikr. Chunki, har bir odam boshqalarga o‘xshamagan o‘ziga xos bilim va qobiliyatga ega.
Oldingi muvaffaqiyat va g‘alabalaringizni ko‘proq eslang
Maktab yoki talabalik yillaringizni eslaysizmi? Balki siz musobaqalarda va olimpiadalarda qatnashgandirsiz? O‘tmishdagi tajribalaringizni hozirgi paytga ko‘chirishga harakat qiling.
Har doim o‘z oldingizga maqsad qo‘ying, rejalar tuzing, ularni bajarishga muddat belgilang, to‘xtab qolmang va shu tariqa o‘zingizga hurmat paydo bo‘ladi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi