Shunchaki eshiklardan birini tanlang va qalbingiz ixtiyor etgan yo‘l fe’l-atvoringiz haqida qanchalik to‘g‘ri ma’lumot berishini bilib oling.
1. Siz erkinlik va mustaqillik yo‘lini tanladingiz. Bu tuyg‘ularsiz, hatto, nafas olishingiz ham mushkul. Faqat o‘zingizgagina tegishli bo‘lgan shaxsiy xududingiz bo‘lishini juda istaysiz. Bir qarorga kelishdan avval barcha yo‘llarni tahlil qilish odatingiz ishda ham, oilada ham doim qo‘l keladi. Maqsad sari olg‘a intilishda ko‘pchilik sizdan o‘rnak olsa arziydi. hayotiy quvvatingizni to‘g‘ri yo‘naltira olganligingiz tufayli barcha istaklaringizga erishasiz.
2. Bu yo‘lak – o‘z hayollaringizda yaratib olgan kichik olamingiz tomon qaratilgan bo‘lsa ajabmas. Bu olamda ortiqcha odamlarga o‘rin yo‘q, negaki yolg‘izlikni xush ko‘rasiz. hatto sayohat, turli tadbirlarda ham o‘z hayollaringiz bilan yuzma-yuz qolishga intilasiz. Chunki, sizga enaga ham, janjallashish uchun biror kimsa ham kerakmas. Garchi do‘stlaringizni yaxshi ko‘rsangizda, vaqti-vaqti bilan holi qolish istagi ustun keladi.
3. Qiziqarli sarguzashtlar, chinakkam go‘zallik va his hayajonlarsiz hayotingizni tasavvur eta olmaysiz. Sukunat va yolg‘izlikni o‘z dushmaningizdek qabul qilasiz. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” bu hikmatli so‘zlarni hayotiy shioringizga aylanib ulgurgansiz. Qiziquvchanligingiz tufayli, xech narsani e’tibordan chetda qoldirmaysiz.
4. Tanlagan yo‘lingizga qarab, har qadamda sirli voqealar izingizdan soyadek ergashib yurishini aytishimiz mumkin. Ehtimol biroz, jizzakilik va shoshqaloqlik ham sizga begona emasdir. Buni avval so‘ylab, keyin o‘ylash odatingizdan bilib olish mushkul emas. O‘rnatilgan qoidalarni buza olish xususiyatingiz tufayli ham atrofdagilarni doim hayratga solasiz. Biroq vaqtingizni havoga sovurayotganingizni yuzingizga ochiq aytishga xech kim jur’at qilolmayotgan bo‘lsachi, shu haqda ham bir o‘ylab qo‘ring.
5. Bag‘ri keng insonsiz. Siz uchun tinchlik-xotirjamlik baridan ustun. Ba’zilarga o‘xshab xar qanday yo‘l bilan maqsadingizga etishishni istamaysiz. Chunki siz uchun natijadan ham ko‘ra, marraga eltuvchi yo‘lni mazmunli bosib o‘tish muhimroq-da. Ruhiy xotirjamlikka erishish uchun oqim bo‘ylab suzasiz. Muammolarni chetlab o‘tishda oldingizga tushadigani kam topiladi.
6. Siz tinchik yo‘lini tanladingiz. Hayotingiz davomida yolg‘izlik, osoyishtalik va ehtiyotkorlik doimiy hamrohingiz sanaladi. Do‘stlaringizga doim sodiq va eshitishga tayyor sirdoshsiz. Balki shu sababdan ham siz bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni istovchilar ko‘plab topiladi. Sizni chinakkam faylasuf deyish mumkin. Yangi tanishlar orttirib ham eski qadrdonlaringizni yoddan chiqarmaysiz.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi