21:47 / 21.11.2017
38 735

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Arslon burji vakillarini nimalar kutmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Arslon burji vakillarini nimalar kutmoqda?
Arslon burjida tug‘ilganlar tabiatan qiziqqon bo‘lishadi. Bu yil shu xususiyatiga tayangan holda o‘z maqsadiga erishishadi. Lekin it yili qiziqqonlikni ko‘tarmaydi. Demak, siz vaziyat bilan hisoblashgan holda it yiliga nisbatan munosabatlarni o‘zgartirishingiz lozim. Aks holda ezgu maqsadlarga yetishingiz og‘ir kechadi.
Fevral oyi xotirjamlikda o‘tadi. Bu oyda siz tashqi ko‘rinishingizga zeb berish va it yili bilan munosabatlarni chuqurlashtirish payida bo‘lasiz. Shuning hisobiga bahor oyining o‘zidayoq tijorat bilan shug‘ullanuvchilar ishni mustahkam yo‘lga qo‘yib daromad ketidan quvishni boshlab yuborishadi.
2018 yil sizga har jabhada muvaffaqiyatlarni va’da qilmoqda. Faqat o‘zingizdek omadli bo‘lmaganlar ustidan kulish yoki ularga past nazar bilan qarashni bas qilishingiz tavsiya qilinadi. Ish keragidan ortiq ko‘p bo‘ladi. Lekin shuning orasida shaxsiy muammolarni bartaraf etishga ham vaqt topasiz.
Oila qurishga ulgurmaganlar nihoyat yangi yilda bo‘lg‘usi baxtini uchratadi. Demak, siz yil boshidanoq to‘y xarajatlari uchun pul yig‘a boshlashingiz kerak bo‘ladi.
Oilalilarning xonadonida ham ahillik hukm suradi. Shunday bo‘lishi ham kerak-da. Negaki, it yili ahillikni, sadoqatni ko‘proq qadrlaydi. Yoz oylarida o‘zga mamlakatlarga oilaviy sayohat uyushtirsangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Faqat undan oldin uyingiz ta’mirini hal etib qo‘yishingiz talab qilinadi. Martabani oshirish ham asosiy rejalar qatorida turadi. Sentyabr oyiga borib barcha muammolar ijobiy hal etiladi. Ayniqsa, tadbirkorlar bu oyda o‘ta foydali shartnomalarga imzo chekib, puliga pul qo‘shishga muyassar bo‘ladi.
Qishda moliyaviy jihatdan ahvolingiz juda yaxshi kechadi. Kamlik ko‘rmaysiz. Global muammolar ko‘ndalang kelib sizni bezovta qilmaydi.
2018 yil oxirida ko‘pchilik oilalarda chaqaloq yig‘isi yangrashi kutiladi. Shubhasiz, bu yangilik ancha-muncha xarajat qilishga ham sizni majbur etadi. To‘g‘ri-da, aks holda nima uchun yashaydi odam. Yaxshilikka bo‘lsa, qancha xarajat qilsangiz ham arziydi.
Oila qurmaganlarning ayrimlari yil davomida olis safarga chiqib, o‘sha yoqlarda o‘z baxtini uchratishlari ehtimoldan xoli emas.

MUHABBATI

Esda tuting, it yili sotqinlik, ikkiyuzlamachilikni xushlamaydi. Demak, kimnidir sevsangiz, uning yuziga oyoq qo‘yishingiz tavsiya etilmaydi. Oilalilar juftini, yaqin insonlarini yanada qattiqroq sevsinlar. Shunda 2018 yil bu oilaga baraka, quvonch hadya etishdan tiyilmaydi.
Albatta, ba’zi oilalarda baribir xiyonat ko‘zga tashlanmay qolmaydi. Ammo bu harakatlarni hech kim olqishlamaydi. Xudodan qo‘rqish kerak va u xohlagandek yashash kerak. Tashqaridagi xufiyona munosabatlar baloga giriftor etmay qo‘ymaydi.
Yolg‘iz bo‘lsangiz, sizga it yili to‘laqonli oilani va’da qilmoqda. Siz bu oilaning qadriga yetib, juftingizni boshda ko‘tarib yursangiz arziydi. 2018 yil sizga shunday dunyolarga arzirli baxtni taqdim etmoqchi.

OILASI

Oilali do‘stlarimizga bo‘lar-bo‘lmas bahonalar bilan juftini tanqid qilavermaslik, janjalga sabab bo‘luvchi harakatlarni sodir etmaslik tavsiya etiladi.
Yil davomida asosan quvonchli, yorqin lahzalar juda ko‘p bo‘lishi kutiladi. Faqat ularning qadriga yeta olsangiz bas. To‘g‘ri, qarindoshlaringiz tarafidan injiqliklar, noroziliklar bo‘lishi tabiiy hol. Siz bu ikir-chikirlarni diplomatik yo‘l bilan silliqchasiga hal etishingiz lozim.
2018 yili juftingiz, farzandlaringiz tarafidan ko‘plab kutilmagan sovg‘alarni qabul qilib olishingiz ehtimoli bor. Rashk balosiga aslo keng yo‘l ochib bermang. Chunki rashk metindek mustahkam qal’alarni ham yer bilan yakson qilishga qodir iblisona odatdir. Mayli, juftingiz, yaqinlaringiz har bir bosgan qadamingizni nazoratda ushlasinlar. E’tibor qilmang. Sukut yordamida o‘z sadoqatingizni isbot qiling.

SALOMATLIGI

2018 yili ko‘proq dam olib, kamroq ishlashingiz kerak. Yo‘qsa salomatligingizga putur yetkazib qo‘yishingiz mumkin. Parhez, tabiat qo‘ynida dam olish, sayohatga chiqish salomatligingizni mustahkamlashda juda asqotadi. Zararli odatlarni tashlash uchun ham it yili qulay kechadi. Ertalablari gimnastika, kunduzi sportning faol turlari bilan shug‘ullanishni kanda qilmasangiz, sog‘lig‘ingizga hech qanday xavf rahna sola olmaydi.
Ertalablari nonushta qilishda ham gap ko‘p. Kavloriyaga boy mahsulotlar, jumladan, yong‘oq, yeryong‘oqni kuniga me’yorida iste’mol qilish gemoglabinni ko‘tarib, yurak faoliyatini yaxshilaydi. Yoki sharoit ko‘tarsa, ertalablari qaymoq iste’moli ham zarar qilmaydi. Asosiysi, sog‘liq tobida bo‘lishi uchun ko‘proq harakatlanish lozim. Bir joyda yotib qolsangiz, yo‘q joydan kasalliklar kelib chiqaveradi.
Toza havoda ko‘p sayr qilish ham umrni uzaytiradi. Nafas yo‘llaringiz tozalana boradi. Faolligingiz ortadi. Eng xavfli viruslarni ham toza havo sayri yo‘q qiladi.

MARTABA VA MOLIYaVIY AHVOLI

2018 yili ba’zi do‘stlarimizning omadi kelib lotereyaga katta pul yutib olishlari ehtimoldan xoli emas. Lekin yil davomida tejamkorlikkina sizga do‘stlik qilishi mumkin. Qo‘lingizga kelib tushgan pullarni aniq reja asosida sarflay bilsangiz, hech qachon pulga zoriqish sezmaysiz. Ko‘ngilochar tadbirlar, ziyofatlar uyushtirish it yiliga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Azartli o‘yinlardan, pul bilan bog‘liq tavakkalchiliklardan tiyiling. 2018 yil sokin va me’yorni bilgan holda yashashingiz tarafdori. Yil oxiriga borib ba’zilar qo‘shimcha daromadli ish topishi zarur bo‘ladi.
Tijorat bilan shug‘ullanishni niyat qilganlar yil boshidanoq bu ishga kirishaverishlari mumkin bo‘ladi. Xuddi shu pallada sizdan qachondir qarz olganlar qarzini qaytaradi. Xudo diliga solgan bo‘lsa kerak-da. Bu ayni muddao bo‘ladi-yu, sira ikkilanmasdan tijoratga qo‘l uraversangiz yarashadi.
Martabangizni oshirish niyatida yashayotgan bo‘lsangiz, bu ishda qaysarlik va prinsipiallik talab qilinadi. Busiz maqsadga yetishingiz mushkul. Bu masalada arslon burjida tug‘ilgan ayollarga havas qilsa arziydi. Ular martabani oshirish masalasini yilning birinchi choragidayoq qoyillatishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2018 yilda Arslon burji vakillarini nimalar kutmoqda?