Bu voqeani Afrika davlatlaridan birida yashab, ularning hayotini o‘rganib ijod qilgan etnograf ayol hikoya qilib beradi.
Ma’lumki, Afrika davlatlari boshqa mamlakatlarga qaraganda nochor davlatlar sirasiga kiradi. Lekin ularning boy madaniyati o‘zga davlatlarni doim qiziqtirib kelgan. Afrika xalqlaridan ko‘p narsa o‘rganish mumkin, deb hisoblashadi. Qanday deysizmi? Unda tinglang!
Hech narsadan nolimaydigan Afrika qabilalaridan birida istiqomat qilar edim. Ular doim o‘zlarini baxtli his qilib yashashar, mehnat, o‘yin-kulgi va ibodat bilan kunlarini o‘tkazar edilar. Ular televizor tugul elektr tokining nima ekanligini ham bilishmas edi. Odatdagi kunlarning birida, men yosh-yosh bolalar bilan sayr qilib yurgan edim. Ozroq dam olish niyatida evkalipt daraxti ostida to‘xtadik va xayolimga bolalarni zeriktirmaslik uchun o‘yin o‘ynash fikri kelib qoldi. Men savatimdagi barcha mevalarni boshqa daraxt ostiga qo‘ydimda, bolalarga o‘yinni tushuntirishni boshladim.
O‘yin qoidasiga ko‘ra, kim birinchi savatning oldiga borsa, u g‘olib bo‘lardi va barcha mevaga ega bo‘lar edi. O‘yin hammaga tushunarli va faqatgina signal berish qolgan edi. Signal berishim bilan bolalarning barchasi bir-birining qo‘llaridan ushlashdi va savatning oldiga yugurib borib uni birga ko‘tarishdi. Shunda hayron bo‘lib turganimni bir qizcha ko‘rib kulibgina javob berdi. ”Qanday qilib baxtli bo‘lishimiz mumkin, agar hammamiz birdek baxtli bo‘lmasak”, dedi. Men qizchaning javobidan lol qoldim. Sekingina ko‘zimda yosh bilan eh bolajon qani endi barcha insonlar sizlardek fikrlasa edi, balki hayotimiz bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edimi, deb o‘kinib qo‘ydim.
Zafarbek Solijonov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi