13:10 / 23.03.2018
9 150

"Yaxshi poyabzal": Uni qanday tanlash mumkin? 8 ta oddiy qoidalar

"Яхши пойабзал": Уни қандай танлаш мумкин? 8 та оддий қоидалар
Oyoqlaringiz tolmasligi va og‘rimasligi uchun poyabzalni qanday tanlash kerakligini bilib oling. «Xabar.uz» sizga poyabzal do‘konida adashmaslik uchun quyidagi maslahatlarni beradi.

1. Poyabzalni kunning ikkinchi yarmida sotib olgan yaxshiroq, chunki odatda kechga borib oyoqlar ozgina shishadi. Ertalab sotib olingan poyabzal kechqurun oyoqni siqishi mumkin.

2. Poyabzalni o‘lchab ko‘rishdan avval u bilan birga kiyishni rejalashtirayotgan paypoqni kiying. Misol uchun, krossovkalarni sinab ko‘rish uchun kapron paypoq kiymaslik kerak.

3. Agar oyoqlaringiz turli uzunlikka ega bo‘lsa, poyabzalni katta oyoqning o‘lchamiga qarab oling.

4. Oyoqning katta barmog‘i va poyabzal uchi orasidagi masofa taxminan 0,5-1,5 sm bo‘lishi kerak.

5. Poyabzalni kiyib do‘konda yurib ko‘ring. Poshnaning mustahkamligini tekshiring. Poshna hech qayerga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Kelajakda poyabzal «tashlashi» yoki yumshoq bo‘lishiga umid qilmagan yaxshiroq. Bunday bo‘lmasligi ham mumkin.

6. Poyabzalning o‘lchamiga urg‘u bermang. Turli ishlab chiqaruvchilarda o‘lcham ham farqli bo‘lishi mumkin. O‘z hissiyotingizga ishoning.

7. Oyog‘ingizda qadoq paydo bo‘lmasligi uchun darhol poyabzalni ichkari tomondan tekshirib ko‘ring, sizning yurishingizga to‘sqinlik qiladigan biron-bir narsa yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

8. Poyabzal poshnasi sirpanib ketmayotgani hamda siz tanlagan oyoq kiyim yurayotganingizda yaxshi amortizatsiya berayotganini tekshiring.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Yaxshi poyabzal": Uni qanday tanlash mumkin? 8 ta oddiy qoidalar