Munajjimlar bashorati: 22 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

  • Hayot tarzi
  • 22-07-2018, 00:32
  • 1 425
  • Мунажжимлар башорати: 22 июль куни юлдузлар Сизга нималарни ваъда қилмоқда?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

    22 iyul kuni taqdir sizga shunday bir ajoyib sovg‘a tayyorlab qo‘yishi mumkinki, bunaqasini yetti uxlab ham tushingizda ko‘rmagansiz. Ana shundan keyin siz otni qamchilaysiz-u, olg‘a bosasiz. Yo‘lingizga hech kim va hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi. Shaxsiy hayotda ham istaklaringizni haqiqatga aylantirish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Kechqurun favqulodda safarga otlanishingiz mumkin. Salomatlikni asrang.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

    Bugun ertalab yana bir bor eng to‘g‘ri yo‘l bu samimiylik va chin ko‘ngil bilan oldinga intilish ekanini eslab oling. Professional kasbingiz bilan bog‘liq yumushlarni ado etishda aylanma yo‘llardan yurib ko‘rish haqida o‘ylab ham ko‘rmang. Bu sizga faqat qayg‘u, muammo hadya etadi. Ishxonada qaysidir bir hamkasbingiz sizning oyog‘ingizga bolta urish payida yuribdi. Ehtiyotingizni qiling. Moliyaviy ahvolingiz haqida hech kimga gapira ko‘rmang. Ayrimlar kechqurun qon bosim tushishidan, holsizlikdan shikoyat qila boshlashlari kutiladi.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

    22 iyul kuni o‘ta muhim bir ishni bajarish uchun o‘zingizda bor kuch va imkoniyatlarni bir joyga jamlashingiz zarur bo‘ladi. Ishda o‘zgalar ko‘magiga suyanmang. Qanaqa yumush bo‘lsa, o‘zingiz qoyillata olasiz. Moliyaviy masalada ham omadingiz keladiki, qimmatbaho buyumlar xarid qilishni bemalol rejalashtiraversangiz bo‘ladi. Qarindoshlar bilan munosabatlarda muloyim bo‘ling. Aks holda orangizda janjal kelib chiqishi mumkin.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

    Hayotning har qanday jabhasida bugun yetakchilikka da’vo qilsangiz bo‘ladi. Inshoolloh, yo‘llaringiz ochiq va ravon. Ishda ham juda qulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ular yordamida o‘zingiz ko‘zlagan cho‘qqilarni zabt eta olasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, yaqin hamkorlar bilan bahslashish haqida o‘ylamang ham. Shunda ularning ham sizga bo‘lgan hurmati orta boradi. Eng nozik vaziyatlarda aldamaydigan bo‘lishadi. Salomatlikni tiklashda suv va boshqa narsalar bilan bog‘liq muolajalar muvaffaqiyatli kechadi.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)

    22 iyul kunning birinchi yarmida o‘zingizni tutishingiz ba’zilarga yoqib tushmasligi mumkin. Lekin e’tibor qilmang. Mayli, tanqid qilishsin, ortingizdan g‘iybat qilishsin. O‘z prinsiplaringizdan voz kechmang. Bugun mo‘may daromaddan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Ammo ishga ijodiy yondashishni unutmang. Shunda sizga yordam berishni istovchilar paydo bo‘ladi. Kechqurun uzoq qarindoshlar haqida qandaydir xabar eshitishingiz kutiladi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

    Me’yoridan ortiq darajada bo‘shashib ketishingiz tavsiya etilmaydi. Aks holda taqdirning eng noyob in’omlaridan quruq qolishingiz mumkin. Pul masalasida hisob-kitobni juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiring. Ayrimlarning jufti yo bo‘lg‘usi jufti o‘ziga yetarlicha e’tibor berilmayotganidan nolishi mumkin. Unga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ying. Yoki kechqurun kinogami, teatrgami taklif qiling.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)

    22 iyul kuni kun bo‘yi vijdoningiz qiynalib o‘tishi ehtimolga yaqin. Xo‘sh, qanday ayb qilgandingizki, bu qadar azoblanyapsiz? Agar yaqin do‘stingiz, suyukli insoningizga qo‘pollik qilgan bo‘lsangiz, biror masalada past ketgan bo‘lsangiz, darhol tavba qilishingiz kerak. Moliyaviy masalada sabrli bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Hali mo‘may daromaddan darak yo‘q. Zahirada pullaringiz bo‘lsa-da, minimum darajada sarf qiling. Yo‘qsa, inqirozga uchraysiz.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

    O‘zingiz hurmat qiladigan va sevadigan insonlarni atrofingizga to‘plagan holda kunni quvnoq o‘tkazishga harakat qiling. Chunki buguningiz yorqin tuyg‘ularga boy bo‘ladi. Ularni nazardan qochirmang. Ro‘zg‘or tashvishlarining bir qismini oilangizdagilar zimmasiga yuklasangiz ham bo‘ladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ba’zilarni yaqin qo‘shnilar ajoyib shirinliklar bilan siylamoqchi. Sog‘liqqa e’tibor qarating.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

    Xususiy firma, kompaniyalarda ishlaydiganlar uchun dam olish kunining o‘zi bo‘lmaydi. 22 iyulda ham ertalabdan to kechga qadar ter to‘kib ishlashingiz lozim bo‘ladi. Shunga yarasha katta pul olasiz. Oila qurmagan bo‘lsangiz, xushomadlarga, ehtiroslarga hay bering. Sizga zimdan hasad qiluvchi bir kimsa kun davomida yo‘llaringizga to‘siq qo‘yish payiga tushishi mumkin, ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Uxlashga yotishdan oldin faqat qatiq ichish bilan cheklaning.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

    Muhabbat frontida bugun pozitsiyangizni mustahkamlashingiz talab etiladi. Ikkilanishlar, qo‘rqishlar va hayajonlarga barham bering. Bugun qat’iy qarorlar chiqarish zarur bo‘ladigan kun. Pulning dastidan qarindoshlar bilan orangizda achchiq-tirsiqlar yuzaga kelishi mumkin. Bu siz do‘stlardan biriga qachonlardir katta pul qarz bergansiz-u, sira qaytarib ololmayotganingiz tufayli bo‘lsa kerak. O‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, bu muammoni xalqona usullar bilan ham ijobiy hal etsa bo‘ladi.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

    22 iyul kuni nafaqat atrofdagilar, balki vijdoningiz bilan ham kelishgan, yon bergan holda ish ko‘rishingiz kerak bo‘ladi. Mabodo kimnidir ranjitgan bo‘lsangiz, sababini qayta-qayta mulohaza qiling. Ayb sizda bo‘lsa, darhol uzr so‘rang. Qiz-juvonlar tashqi ko‘rinishiga o‘zgartish kiritsalar, ruhan ham jisman yengil tortgan bo‘lishardi. Ish joyida bir hafta davomida ter to‘kib astoydil ishlaganlar, ertangi kundan mukofot kutsalar bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)

    Baliq burjida tavallud topganlar nafaqat ish bajarish, muloqotda, balki xayolan ham ehtiyotkor bo‘lishlari kerak. Ko‘ngilsizliklarni aylanib o‘tish uchun juda ehtiyotkorlik bilan qadam bosing. Arzimagan xatoga yo‘l qo‘yishingiz ham moddiy jihatdan ahvolingizni tanglashtirib qo‘yishi mumkin. Bosh og‘rig‘idan saqlaning. Kun tig‘ida uzoq vaqt turib qolishingiz salomatlikka jiddiy putur yetkazadi.

    Manba: hordiq.uz

    » » Munajjimlar bashorati: 22 iyul kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
    Яндекс.Метрика