21:35 / 24.09.2018
4 123

Qanday qilib moslashuvchan yetakchiga aylanish mumkin?

Qanday qilib moslashuvchan yetakchiga aylanish mumkin?

IMPACT kompaniyasining bosh operatsion direktori Kris Depri oʻzgarishlarga moslashishning ahamiyati, bu boʻyicha mohirlikka erishish borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Yetakchisiz, ammo oʻzgarishni bilmasangiz, toʻgʻrisini aytganda qanday qilib bu lavozimni haliyam egallab turganingizga hayronman. Yetakchilikda atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga toʻgʻri reaksiya qila olish zarur. Nima uchun bu shunchalik muhim?

Hayotingizdagi vaziyat toʻgʻrisida oʻylab koʻring. Bari reja boʻyicha boʻldimi? Albatta yoʻq.

Biznes – favqulodda murakkab tizim boʻlib, unda bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi omillar koʻp. Har kuni kutilmagan vaziyatlar yuz beradi. Ularni qanday hal etish mumkin?

Duayt Devid Eyzenxauer aytganidek: “Rejalar – maʼnosiz, biroq rejalashtirish – hamma narsa”.

Agar rejalar doimiy ravishda oʻzgarishini tushunsangiz, bu oʻzgarishlarga moslashishni oʻrganib, barcha holatlarga tayyor turasiz. Buni qanday amalga oshirish boʻyicha maslahatlar quyidagicha:

Maqsad bilan boshqaring

Barchaga koʻrsatma va vazifalar berishdan avval aslida nimaga erishishni istashingiz haqida oʻylab koʻring. Siz bajarmoqchi boʻlgan ishning ortida qanday maqsad yotibdi? Qanday natijalarga erishmoqchisiz?

Foto: Unsplash

Mana shu savollarga javob berishingiz bilanoq jamoangiz siz nimani kutayotganingizni tushunganiga ishonch hosil qiling. Ana oʻshanda xodimlaringiz bilan yoʻlda uchragan barcha toʻsiqlarni bartaraf eta olasiz.

Agar endigina yetakchi boʻlishga intilayotgan boʻlsangiz, rahbar tomonidan berilgan topshiriq, sizdan kutilayotgan natijani toʻgʻri tushunganingizga ishonch hosil qiling. Ishga kirishing. Tashabbus koʻrsatish ham muhim. Doim koʻrsatmalar bilangina ishlaydigan odamga aylanib qolmang. Bunday qilsangiz, karyerada yuqori muvaffaqiyatlarga erishmaysiz.

Tushuning, kompaniyadagi eng dono odam emassiz

Jamoadan oʻrganish juda muhim. Fikringizga qarshi nuqtai-nazarlarga ochiq boʻling. Boshqa bir kishi siz bilmaydiganlarni bilishi - fakt. Uni qabul qiling.

Agar faqat sizning fikringizgina mavjud boʻlishi kerak deb hisoblasangiz, jamoa ham buni sezadi. Xodimlar ishtiyoqni yoʻqotishadi, chunki hech kim ularga quloq solmayapti axir. Bunday vaziyatlarda jamoa samaradorligi tushib ketadi.

Xodimlarga ularni tinglashga tayyor ekaningizni koʻrsatsangiz, jarayonni tezlashtirib yuborasiz. Ularni oʻz sohasida mutaxassis sifatida hurmat qilishingizni koʻrsatasiz. Bu ishonch ularga toʻgʻri maqsadlarni ilgari surishda yordam beradi.

Bilim, gʻoya va boshqalar fikrini qabul qilish orqali yaxshiroq moslashib borasiz. Jamoa ham siz bilan bir yoʻldan boradi.

Yechimlarni izlash madaniyatini quring

Jamoani murakkab muhokamalar olib borishga majbur qiling. Ochiq-oydin narsalar haqida gapiring. Biroq suhbatni qadam-baqadam yechimga yoʻnaltiring. Namuna koʻrsating. Yechim topish imkonini beradigan xotirjamlik va optimizmni doimo taratib turing.

Yodingizda boʻlsin, javob sizga hozir va shu yerning oʻzida kerak emas. Bor-yoʻgʻi qachondir biror narsa topilishiga diqqat qarating. Istiqboldagi muammo va ularning yechimini oldindan aniqlang.

Rejalar maʼnisiz

Samarali yetakchi boʻlish uchun oʻzgara olish zarur. Oʻzgarishlar har kuni sodir boʻladi. Agar ularga moslashmasangiz, maqsadlaringizga erishish mushkul boʻladi.

Diqqatni natijaga qaratib, maqsadlarni aniq belgilang. Rivojlanishga harakat qiling, yechim topishga intiladigan madaniyat yarating – ana shunda oʻz yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf eta oladigan yaxshi yetakchiga aylanasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib moslashuvchan yetakchiga aylanish mumkin?