Ulug‘bek Rahmatullaevga mudhish avtohalokatga uchragani bilan bog‘liq gaplarga oydinlik kiritdi

  • 03 iyul 2016, 22:41
  • 9 282
  • Madaniyat
  • Ulug‘bek Rahmatullaevga mudhish avtohalokatga uchragani bilan bog‘liq gaplarga oydinlik kiritdi

    Kecha, 2 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug‘bek Rahmatullaevning avtoxalokatga uchragani haqidagi xabar tarqaldi.

    “Bugun ertalab Ulug‘bek Rahmatullaev avtoxalokatga uchradi. Ayanchli videoni tezda ko‘ring”, deyiladi noma’lum shaxslar tomonidan tarqatilgan xabarda.

    O‘z o‘rnida xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev o‘zi haqida tarqatilgan ushbu xunuk xabarga nisbatan Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:

    “Shunday ulug‘ ayyom kunlarida bunday yomon va xunuk xabarlarni tarqatayotgan buzuq niyatli insonlarga Yaratgan insof bersin. Qanday qilib bunday gaplarni o‘ylab topish mumkin, bilmadim... Buni faqatgina yomon niyatli odamlar qilsa kerak. Xudoga shukur, soppa-sog‘man. Suratdagi mashinalarning egalari kim ekanini bilmayman. Ammo, Olloh ularning ishini oson qilishini tilayman. Qolganlarga esa insof bersin”.

    Rahmatullaev o‘zi tomonidan yuborilayotgan murojaatning ishonchliligini ta’minlash maqsadida ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqqa videomurojaat joylashtirdi. Unda avtomobil boshqarib ketayotgan xonanda yana bir bor sog‘-salomat ekanini aytib, muxlislarini yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

    Bu voqeadan ta’sirlangan “MY5” telekanali boshlovchisi Anvar Azimov ham Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga Ulug‘bek Rahmaullaevning suratini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirdi.

    “Ulug‘bek Rahmatullaev haqida o‘ylab topilgan gap g‘irt uydirma. Boyagina o‘zi bilan gaplashdim, sog‘-salomat, ijod bilan band. To‘qima gaplar bilan maza qiladiganlarga esa rahmim keladi”.

    Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval Ulug‘bek Rahmatullaev hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon haqida ham ana shunday xabarlar tarqalgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ulug‘bek Rahmatullaevga mudhish avtohalokatga uchragani bilan bog‘liq gaplarga oydinlik kiritdi