O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytadi. Bugun u Toshkentda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida ishtirok etdi. U o‘zbek estradasining bir guruh atoqli namoyondalari va sportchilar qatorida sahnada turib, O‘zbekiston madhiyasini kuylagan.
Kun nashrining ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonova yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan yana bir bayram konsertida ishtirok etishi mumkin.
Qayd etish kerakki, oktyabr oyida Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytishi haqida xabarlar tarqalgandi.
U O‘zbekistonda prezidentlik saylovi arafasida videomurojaat qilib, saylovda Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qilgan va muxlislarini ham shu nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgandi.
Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2005 yildan buyon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygandi. U O‘zbekistonda oxirgi bor 2007 yilda konsert bergan (Xalqlar do‘stligi saroyida). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi