16:16 / 25.01.2017
13 777

Maykl Jeksonning qizi otasini qasddan o‘ldirilganligiga ishora qildi

Maykl Jeksonning qizi otasini qasddan o‘ldirilganligiga ishora qildi

Marhum pop xonanda Maykl Jeksonning qizi otasini qasddan o‘ldirilgan, deya hisoblaydi. 18 yoshli Peris Jekson ilk marta “Rolling Stone” nashriga intervyu berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

“Otam tez-tez dushmanlari borligi haqida gapirar edi. Ba’zan “Ular baribir meni o‘ldirishadi”, deya takrorlardi. Buni faqatgina uning oila a’zolari va qarindoshlar bilar edi”, deydi Peris Jekson.

Perisning aytishicha, aynan otasining o‘limidan so‘ng uning katta hayotga qadam qo‘yish jarayoni tezlashib ketdi. O‘smir vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qildi, shuningdek, chuqur depressiyaga tushdi va natijada 2013 yilda bir necha marta o‘zini o‘ldirishga uringan.

Maykl Jekson 2009 yilda vafot etgan. O‘shanda qizi Peris 11 yoshda bo‘lgan. Hozirgacha musiqachining o‘limi sababi borasida aniq xulosaga kelinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Maykl Jeksonning qizi otasini qasddan o‘ldirilganligiga ishora qildi