Shahloxonim Tulum, Mexico Azulikdagi orzusini amalga oshirdi

Mashhur aktrisa Shahlo Zoirova, ya’ni Shahloxonim, bu safar Tulum, Mexico hududidagi Azulik majmuasiga sayohat qilmoqda.
Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda sayohat videolarini baham ko‘rib, bu joyga kelish niyatini amalga oshirganini ta’kidladi: “Bu yil qilgan niyatim shu joylarga kelish edi. Bu joy men bop”, – deya xursandligini yashirmadi Shahloxonim.
Shuningdek, u bu joyga kelishni 10 yildan beri orzu qilganini aytib, o‘z hissiyotlarini ochiq bildirib o‘tdi: “Orzuyimga erishdim, men buni uddaladim”.

Muxlislar ham aktrisaning sayohat videolaridan bahramand bo‘lib, izohlarda o‘zlarini Tulumga safar qilmoqchi ekanliklarini bildirayotganlari kuzatilmoqda. Shahloxonimning bu sayohati nafaqat uning shaxsiy orzusini amalga oshirishga yordam berdi, balki tomoshabinlar orasida ham Tulum Azulikning betakror go‘zalligini keng targ‘ib qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!