date

Serbiya rahbari: Uch davlat bizga qarshi harbiy ittifoq tuzmoqda

Serbiya rahbari: Uch davlat bizga qarshi harbiy ittifoq tuzmoqda

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Xorvatiya, Albaniya va Kosovo o‘rtasida tuzilgan yangi mudofaa hamkorligi Serbiyaga qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, 2025 yil 18 mart kuni Albaniyaning Tirana shahrida ushbu uch davlat o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama deklaratsiya imzolangan. Vuchich bu hujjat harbiy aloqalarni mustahkamlash va Serbiyaga qarshi ittifoq shakllantirishga qaratilgan deb hisoblamoqda.

Serbiya prezidenti bu borada keskin bayonot berib, ushbu davlatlar Serbiyaga hujum qilish uchun ittifoq tuzganini aytdi. Uning fikricha, ular Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi ziddiyat kuchayishini hamda Yaqin Sharqda kengroq urush boshlanishi mumkin bo‘lgan vaziyatni kutmoqda.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, global beqarorlik kuchaygan paytda ayrim davlatlar o‘z harbiy rejalarini amalga oshirish uchun qulay fursat paydo bo‘lishini kutmoqda.

Shuningdek, Serbiya rahbari Xorvatiya so‘nggi bir yarim yil davomida Serbiyaning barqarorligiga putur yetkazishga va uning ichki ishlariga aralashishga urinayotganini ham ta’kidladi.

Shu bilan birga, Vuchich Belgrad harbiy neytrallik siyosatini davom ettirayotganini, biroq NATO bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya rahbari: Uch davlat bizga qarshi harbiy ittifoq tuzmoqda