06:59 / 04.02.2017
8 884

Di Kaprio Dubayda antiqa uslubda steyk tayyorlaydigan turk oshpazi mehmoni bo‘ldi

Di Kaprio Dubayda antiqa uslubda steyk tayyorlaydigan turk oshpazi mehmoni bo‘ldi

Leonardo Di Kaprio tarmoqda go‘shtning katta bo‘lagi — steykni mohirona tuzlashi bilan dong qozongan turk Nusrat Go‘kcha restoraniga tashrif buyurdi. Bu haqda oshpazning o‘zi Instagram’da hikoya qildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Surat Go‘kchaning Dubaydagi restoranida olingan. Foto ostidagi izohda oshpaz restoranida «Oskar» mukofoti sohibi bo‘lganini bildirgan.

Fotoda Go‘kche o‘zining mashhur uslubi — go‘shtning katta bo‘lagiga tuz sepayotgan, Di Kaprio esa bu harakatlarni kuzatayotgan holat aks etgan.

Turk oshpazi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini steykni maydalashning betakror uslubi bilan o‘ziga rom etdi. Go‘shtni tortishdan avval u qo‘lini boshi darajasigacha ko‘tarib, taomga tuz va ziravorlar sepadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Di Kaprio Dubayda antiqa uslubda steyk tayyorlaydigan turk oshpazi mehmoni bo‘ldi