07:24 / 12.03.2017
20 421

Shohrux reper: Rafiqam Zlatani «o‘zbek» qilib qo‘yganmiz

Shohrux reper: Rafiqam Zlatani «o‘zbek» qilib qo‘yganmiz

Shohruh reper rafiqasi Zlata bilan tanishish tarixi, uning asl o‘zbek oilasiga qanday ko‘nikib ketgani, farzandlari tug‘ilgani unga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida “Sayyod.com”ga bergan intervyusida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.

“Rafiqam bilan kafeda tanishganmiz. Inson bir kishini sevib qolsa, uning millati ham ahamiyatga ega emas. Men rafiqamga sevib uylanganman. Zlata mening muxlisim bo‘lmagan. U boshqa yo‘nalishdagi qo‘shiqlarni tinglaydi.

Bizning oilamiz sof o‘zbekcha oila. Zlata urf-odatlarimizga, an’analarimizga o‘rganib ketgan. Biz uni ‘o‘zbek’ qilib qo‘yganmiz.

Vaqt o‘tgani va yoshi ulg‘aygani sari inson o‘zgaradi. Farzandlarimning tug‘ilishi meni o‘zgartirdi, deb ayta olaman”.

Shohruh reper 24-25 mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsertida 45 ta qo‘shiq ijro etadi. Konsert dasturida qo‘shiqlar jonli ijro etiladi.

Ma’lumot uchun, Shohruh reper 2016 yilning 12 may kuni Zlata ismli qiz bilan turmush qurdi. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohrux reper: Rafiqam Zlatani «o‘zbek» qilib qo‘yganmiz