11:50 / 03.05.2017
9 435

Javohir Zokirov: “Hozirgi kundagi konsertlarga borgim kelmaydi”

Javohir Zokirov: “Hozirgi kundagi konsertlarga borgim kelmaydi”
Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi deb yozadi Darakchi sayti.

Aktyor intervyu jarayonida hozirgi kundagi konsertlarga deyarli bormasligini ma’lum qildi.

“2001 yil “Istiqlol” san’at saroyi­da yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o‘shanda. Konsert yakuniga etguncha, o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan, o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fonogramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman...”,—deydi Javohir Zokirov.

Aktyor bilan to‘liq suhbatni “Darakchi” gazetasining 4 mayda sotuvga chiqadigan yangi sonida o‘qishingiz mumkin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Javohir Zokirov: “Hozirgi kundagi konsertlarga borgim kelmaydi”