“Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova yana farzand kutmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.
Xonanda og‘iroyoq bo‘lsa-da, qizg‘in ijod olib bormoqda. Turli tadbirlarda ishtirok etishni ham kanda qilmayapti. Buni Instagram’dagi suratlari isbotlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Dilso‘z va xonanda Farrux Raimovning hozirda bir nafar qiz farzandi bor. 2015 yilning 18 oktyabrida tug‘ilgan qizaloqning ismi Dilso‘z, ya’ni onasining taxallusi bilan bir xil. Xonanda o‘ziga omad olib kelgan ismni qiziga bergani va yaqinlari uni Go‘zal deb chaqirishini ta’kidlagan.
Qo‘shiqchilarning nikoh to‘yi va qizining tug‘ilishi juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Tug‘ruq vaqtidagi Dilso‘z suratlarining internetda tarqalib ketishi yanada ko‘proq gap-so‘zlarni keltirib chiqardi. Xonanda esa tug‘ruqxona (Toshkentdagi 6-sonli) ustidan tegishli joyga shikoyat qilib, boshqa u erga bormasligini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi