17:32 / 23.08.2017
7 141

Jahonning eng yaxshi komedik filmi nomi e’lon qilindi

Jahonning eng yaxshi komedik filmi nomi e’lon qilindi
Billi Uaylderning “Jazda faqat qizlar” filmi kinotanqidchilar nazdida hamma zamon uchun eng yaxshi komediya deb topildi.

1959 yilda suratga olingan filmda Merilin Monro, Toni Kertis va Jek Lemmonlar suratga tushgan. Unda gangsterlardan yashirinib, ayollar qiyofasiga kirgan musiqachilar haqida hikoya qilinadi.

Ikkinchi o‘rinni esa, Stenli Kubrikaning “Doktor Streyndjlav yoki qanday qilib men tashvishlanmaslikni o‘rgandim va atom bombasini sevib qoldim” filmi, uchinchi o‘rinni Vudi Allenaning “Enni Xoll” filmi egalladi.

Reyting 52 mamlakatning 253 nafar kinotanqidchilari fikrlari asosida tuzildi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahonning eng yaxshi komedik filmi nomi e’lon qilindi