21:23 / 14.01.2019
6 883

Sevara Nazarxonning «2019» albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)

Sevara Nazarxonning «2019» albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)
Yillar davomida ijod yo‘li va taronalari katta-yu kichikni birdek o‘ziga rom etib kelayotgan Sevara Nazarxon do‘stlari, hamkasblari va shunchaki ijodi shaydolarini bir yerga to‘plab, yangi musiqiy to‘plamini taqdim etdi.

Oddiylik va samimiylikni xush ko‘ruvchi xonanda, albomini oddiygina qilib «2019» deb nomlagan va undan 11ta tarona joy olgan. Albomda «Bilarsan», «Magar», «Sevilmoq», «Iltijo», «Izhori ishq» va boshqa yangi sokin ruhdagi qo‘shiqlarni tinglash mumkin.

Sevara Nazarxon:
«Mazkur to‘plam ustida jamoamiz bilan bir necha yil ish olib borganmiz. Bobur Bobomurod, Usmon Azim va boshqa shoirlar qalamiga mansub she’rlarga murojaat etilgan. Har bir qo‘shiq o‘zining chuqur ma’nosiga ega. Albomni esa oddiy «2019» deb nomlashga qaror qildim. Albom yaratilishida musiqiy sayqal ustida ishlagan Marat Maqsudiyning va ovoz operatori Dmitriy Kulikovning roli katta. Undan tashqari, nafaqat albom yaratilishida yordam bergan, balki yaqin do‘stim ham bo‘lgan Maks Pensonni ham aytib o‘tish joiz».

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasiga to‘plangan mehmonlar taqdimotdan avval bir-birlari bilan diydorlashib, tortiq etilgan furshetdan bahramand bo‘lib, muloqot qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Karen G‘ofurjonov esa mehmonlar orasida viktorina o‘tkazib, Sevara Nazarxon ijodi bilan bog‘liq savollarni berdi va xonandaning haqiqiy muxlislari albom muqovasi printi tushirlgan futbolkalarni qo‘lga kiritishdi. alt

Albom taqdimoti «Kunlar» qo‘shig‘i bilan boshlandi, ekranda esa xonanda ishtirokidagi videolavha namoyish etildi. Namoyish etilgan videolavhada mashhur o‘zbek rassomi Bobur Ismoilovning yaratgan ishlarini ham ko‘rish mumkin bo‘ldi. Katta ekran ortida Nazarxon soyasi va raqsi ko‘rindi. «Toshkent zebolari» raqsi bilan davom etdi.

Sahnada Nurmuhammad Isroilov va Muslimbek Yo‘ldoshevlar tomonidan kuyga bag‘ishlangan monologlar o‘qildi.
El suygan san’atkor - Sevara: «Qo‘shiq haqida, qo‘shiqning o‘zidan eshitsak, uning qo‘shiqlaridan...», so‘zlari ostida muxlislari qarshisiga chiqdi.

Sevara ijrosida jarang sochgan ilk tarona, Bobur Bobomurod she’ri bilan yaratilgan, «Menga ham o‘rgating» qo‘shig‘i bo‘ldi.

Bobur Bobomurod, shoir
«Sevara bugungi kechada yana bir bor o‘ziga xosligini isbotladi. Shunday taqdimotlarni o‘tkazish mumkinligini va kerakligini bugun ko‘rsatib berdi. Sevara yosh bo‘lishiga qaramay, milliy boyligimizga aylanishga ulgurdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U biz faxrlanadigan, faxr bilan tilga oladigan san’atkorimiz. Men Sevara bilan ijodda doim hamfikr bo‘lib kelganimizdan mamnunman».

Albomdan o‘rin olgan yangi qo‘shiqlarni ketma-ket kuylar ekan, zalda yig‘ilganlar bilan salomlashib, kecha davomida ular bilan muloqat qilishni unutmadi.

Qo‘shiqlar orasidagi tanaffuslarda esa albom haqida, ijodiy guruh haqida gapirib, ularga minnatdorchilik bildirdi.


Shu kuni xonanda navbatdagi yangi albom ustida ham ish boshlab yuborganini va u raqsboproq bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Kecha, tinglovchilarning sevimli taronalaridan biri - «Yur muhabbat» taronasi bilan yakunlandi. Ushbu qo‘shiqni xonanda zaldagi barcha mehmonlar bilan birga kuyladi.

Xonandaning qo‘shiqlari, yo‘nalishlari doimo o‘ziga xosligi bilan ajralib turgan va buni yana bir bor Sevara Nazarxon taqdimotda isbotladi. Taqdimot bir nafasda, juda ham tez o‘tib ketdi. Tashrif buyurgan mehmonlar shu kuni Sevaraning o‘zgacha dunyosi va koinotiga sayohat qildilar. Aytish joizki, taqdimot bir nafasda o‘tib ketdi va bu kichik konsert dasturi sifatida taqdim etilgan albom taqdimoti xonandaning tinglovchilariga kamlik qildi.
Davron Kabulov, shoumen
«Sevara Nazarxon sokinlik bilan, o‘zining ma’sumaligi bilan millionlab qalblarni zabt etgan. Umid qilamiz-ki, bugungi taqdim etilgan ijod mahsullari ham o‘z tinglovchisini topadi va har bir tinglovchi qalbining tub-tubiga yetib boradi. Sevara muxlislarini doimo xursand etib yurishlariga tilakdoshman».
Aziz Rametov, aktyor
«Sevara Nazarxon o‘z tinglovchisiga kutilmagan ijod namunasini ko‘rsatadigan ijodkor. Uning qo‘shiqlaridan ruhan zavqlanasiz».

Tashrif buyurgan mehmonlar orasida Fatxulla Ma’sudov, Yoqub Axmedov, Jahongir Otajonov, Ozoda Nursaidova, Lola Eltoyeva, Rixsitilla Ibragimov, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shahzoda Matchonova, Alisher Uzoqov, Bobur Yo‘ldoshev, Rayhon, Umidaxon, Zebo Navro‘zova, Setora guruhi a’zolari, Manzura, Ummon guruhi, Afruzguruhi, Aziz Rajabiy, Shaxram G‘iyosov va ko‘pgina boshqa taniqli shaxslarni ko‘rish mumkin bo‘ldi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sevara Nazarxonning «2019» albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)