Xonanda Zohirshoh Jo‘rayevning ilk yakkaxon konsert dasturining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Zohirshoh Jo‘rayev xalqimiz oldidagi ilk katta imtihonini topshirdi. Konsert dasturi 3 qismdan iborat bo‘lib, unda jami 22 ta qo‘shiq jarang sochdi. Dasturni Dilnoza Kubayeva va Rixsitilla Abdullayev olib bordi.
Konsertning birinchi qismi «Zor bo‘lib» qo‘shig‘i bilan boshlandi. Ilk taronadan so‘ng xonanda konsertga tashrif buyurgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. So‘ngra «Alvido», «Suysa bo‘lmas», «Sayyor», «Yuzlaring bir ko‘rib», «Muhabbat» taronalarini ketma ket ijro qildi.
Navbat kutilmagan duetga berildi. U do‘sti Munisa Rizayeva bilan «Arazlama» nomli qo‘shiq yaratib, ushbu konsertda premera qildi. Konsertning birinchi qismi «Seni sog‘inib» kompozitsiyasi bilan yakunlandi. Ikkinchi blokda esa «Falak», «Olib ketma», «Dilozorim», «Ko‘nglim», «Yig‘layverma», «Ko‘nglimda yor» qo‘shiqlarini ketma ket ijro qildi.
Ana shundan so‘ng u boshiga ish tushganida uni barcha yaqinlari tark etganini yonida faqatgina ota onasi qolganini aytib, volidasiga guldasta taqdim qildi. Shu payt sahnaga ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayev taklif etildi. Konsertning eng baland nuqtasi bo‘ldi desak adashmaymiz.
O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayev sahnaga tashrif buyurganda barcha tomoshabinlar uzoq va davomli olqishlar bilan qarshi olishdi. «Karvon» ashulalarini esa muxlislar birga kuylashdi.
Ustoz san’atkorning chiqishlari ikkinchi qismga yakun yasadi. Uchinchi qism oldidan qiziqchi Shukurillo Isroilov ichakuzdi hangomalari bilan muxlislarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Qolaversa Zohirshohning muxlislari o‘rtasi tanlov ham o‘tkazdi.
Uchinchi qismda qo‘shiqlar jonli ijroda ijro qilindi. Unda «Oppog‘oyim» «Xorazm», «Do‘stlar qarang» taronalarini kuyladi. So‘ng yana bir duet Tojikistonlik mashxur xonanda Shabnami Surayyo bilan ijro qilindi. «Yaxshi ko‘rib qoldimda» va «O‘zbekiston» qo‘shiqlari bilan dasturga yakun yasaldi.
Konsertda ijro qilingan qo‘shiqlar ichidan «Yaxshi ko‘rib qoldimda», «Dilozorim», «Seni sog‘inib» qo‘shiqlari muxlislarga tanish. Qolgan taronalar esa ilk marta kuylandi. Xonandalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, agar xalqimizga duetlar manzur kelsa, albatta videoklip suratga olinishi ko‘zda tutilgan. Raqslarni «Parizod» raqs ansamblining lobar qizlari ijro qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi