14:40 / 24.06.2019
4 035

Qo‘qon haqida kitob yaratilmoqda

Qo‘qon haqida kitob yaratilmoqda
Foto: «Xalq so‘zi»
Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlab Qo‘qon haqida kitob yaratilmoqda.

Tayyorlanadigan kitob-albom shaharning paydo bo‘lishi va bugungi tarixi, shaharning mashhur shaxslari, shahar iqtisodiyoti, ta’limi, sog‘liqni saqlash, istirohat –bog‘lari, muzey va bozorlar, Qo‘qonning adabiy muhiti hamda Qo‘qon futbolining rivojlanishi mufassal bayon etiladi.

Buyuk ipak yo‘lining ko‘hna Qo‘qon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi alohida bob orqali bayon qilinadi. Kitob albom tarzida joriy yil avgust oyigacha o‘zbek, rus va ingliz tillarida 5 ming nusxada chop etilishi rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda Qo‘qon Davlat pedagogika institutining Tarix fanlari professor- o‘qituvchilari bu borada ilmiy ish olib borishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivalga qadar Qo‘qon shahridagi barcha tarixiy obidalar va ularga olib boradigan marshrutlar Google xaritalariga kiritiladi. Bu esa xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi. Internetdagi eng nufuzli ma’lumot manbai - jahon ensiklopediyasi Wikipediaʼda ham Qo‘qon shahri hunarmandchiligi, tarixiy obidalariga doir muhim va qiziqarli ma’lumotlar ham joylashtiriladi.

Elyorjon EHSONOV

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qo‘qon haqida kitob yaratilmoqda