23:35 / 28.09.2019
4 915

“Birrovchilar”dan javob! Topayotgan pullarining qanchasi “cho‘ntaklarida” qoladi?

“Birrovchilar”dan javob! Topayotgan pullarining qanchasi “cho‘ntaklarida” qoladi?
Togri.uz to‘ylarda eng ko‘p "topadigan", el tanigan “birrovchilarning” xizmat bahosi bilan qiziqqan holda Top-10 talikdan iborat ro‘yxat tuzgan edi. El tanigan san’atkorlar ushbu videorolikga va maqolaga javob qaytardi. Ular ro‘yxatda ko‘rsatilgan gonorardan qanchasi o‘ziga tegishi haqidagi videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi.

Yulduz san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilingan ushbu ro‘yxatdagi gonorarga munosabat bildirdi. San’atkorlar topadigan pullaridan qanchasi o‘ziga qolishi haqida videorolik tayyorlashdi.
View this post on Instagram

Usmanova

A post shared by Yulduz Usmonova (@yulduzibragimovnausmonova) on


Unga ko‘ra:
Ulug‘bek Rahmatullayev ؘ– 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 600$ dan o‘ziga 400$ qoladi.
Mavluda Asalxo‘jayeva – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 600$ dan o‘ziga 400$ qoladi.
Munisa Rizayeva – 4 ta qo‘shiq uchun oladigan 800$ dan o‘ziga 350$ qoladi.
Rayxon – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 800$ dan o‘ziga 500$ qoladi.
Rashid Holiqov – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 800$ dan o‘ziga 500$ qoladi.
Shahzoda – 4-5 ta qo‘shiq uchun oladigan 850$ dan o‘ziga 500$ qoladi.
Ozoda Nursaidova – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 1000$ dan o‘ziga 600$ qoladi.
Jahongir Otajonov – 6 ta qo‘shiq uchun oladigan 1500$ dan o‘ziga 1000$ qoladi.
Farrux Zokirov – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 2000$ dan o‘ziga 1900$ qoladi.
Yulduz Usmonova – 5 ta qo‘shiq uchun oladigan 2000$ dan o‘ziga 800$ qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Birrovchilar”dan javob! Topayotgan pullarining qanchasi “cho‘ntaklarida” qoladi?