06:57 / 21.01.2020
8 355

«Shaytanat»ning so‘nggi 21-qismida qaysi aktyorlar rol ijro etishi ma’lum bo‘ldi

«Shaytanat»ning so‘nggi 21-qismida qaysi aktyorlar rol ijro etishi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev «Daryo» internet-nashri uchun intervyu berdi. Suhbat davomida Yodgor Sa’diyev «Shaytanat» serialining hali katta ekranlarga chiqmagan, so‘nggi 21-qismi haqida gapirib berdi.

- ‘Shaytanat’ serialining 21-qismda yangi chehralar bor, yangi chehralardan Ulug‘bek Qodirov hamda Nozim To‘laxo‘jayev singari aktyorlar rol ijro qilishgan. Yangi chehralardan shu, ya’ni xalqimiz taniydigan aktyorlarni aytyapman.

Men o‘zimcha shu bilan ‘Shaytanat’ serialini tugatdim. Men buyog‘iga qadam ham bosmayman, chunki Tohir akaning ham so‘zini olganman. Shu bilan tugataman desam, ‘Yaxshi qilibsiz’, dedilar. Film nima bilan tugashi, uning yakuni qanday bo‘lishi haqida hozir gapirib o‘tirmayman.

O‘sha stildan o‘ngga ham chapga ham chiqilgan emas. O‘sha til. Agar keyingilari ham olinadigan bo‘lsa, shu yo‘nalishda bo‘ladi. Chunki o‘sha yo‘nalish bilan serial odamlarga manzur bo‘lishi mumkin. Men yana bir narsani aytaman, Tohir Malikning bu asarida mantiq juda ham kuchli. Hozirgi ba’zi filmlarni ko‘rishadi-da, kinoteatrdan chiqib unutishadi, chunki mantiq yo‘q. Yoshlarimiz bu masalada ko‘proq shoshilishadi
, - deydi Yodgor Sa’diyev.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida «Shaytanat» serialining telekanallardagi 20 yillik «zapret»i sababi, serialning 21-qismi hamda hayoti va ijodiga oid ko‘plab javobsiz savollarga oydinlik kiritgan.

Ma’lumot uchun, «Shaytanat» serialining 21-qismi ayni kunlarda montaj va dublyaj jarayonida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Shaytanat»ning so‘nggi 21-qismida qaysi aktyorlar rol ijro etishi ma’lum bo‘ldi